FREEDOM BROKER UZBEKISTAN

Investitsiyalar va qimmatli qog'ozlar savdosi

Freedom Broker Uzbekistan – “Toshkent” Respublika fond birjasi va O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida qimmatli qog‘ozlar savdosiga kirishni taqdim etuvchi O‘zbekistondagi yetakchi investitsiya kompaniyasidir. 17 000 nafar muvaffaqiyatli investorlarga qo'shiling ("Brokerlik hisobini ochish" tugmasini bosing)

Biz shaxsiy moliyaga yondashuvni o'zgartiramiz va yangi investitsiya haqiqatini yaratamiz:

Biz jahon birjalarida IPO o'tkazamiz: yirik, o'rta va kichik biznesning birjaga chiqishiga va o'sish va rivojlanish uchun kapitalni jalb qilishga yordam beramiz.

- Biz Tradernet innovatsion multibozor savdo platformasini joriy qilmoqdamiz;

– O‘nlab bepul master-klasslar (mahorat darslari) va onlayn-efirlar o‘tkazib, investitsiya madaniyatni rivojlantirmoqdamiz. Bizning "Freedom Academy" o'quv markazimizda savdo va investitsiya qilishni o'rgatamiz.

700+ TICKERLAR

O‘zbekiston fond bozorida. Bizning investitsiya bo‘yicha maslahatchilarimiz eng ishonchlilarini tanlash va sotib olishda sizga yordam beradi.

XORIJIY VALYUTADAGI OBLIGATSIYALARGA INVESTITSIYA QILISHNI BOSHLANG

AQSh dollarida yillik 9,8% gacha daromadlilikka ega uchta chiqarilishdan iborat tayyor portfel.

INVESTITSIYA BO'YICHA MASLAHATLAR

O'zbekistonning eng yaxshi mutaxassislaridan

Brokerlik hisobini oching va shaxsiy investitsiya maslahatchisi sizga to'g'ri investitsiya qilish, risklarnikamaytirish va fond bozoridagi dolzarb yangiliklar va voqealardan xabardor bo'lishga yordam beradi. Bizning investitsya maslahatchilarimiz investitsiyalar bo'yicha ko'p yillik tajribaga, yirik investitsiya portfeli va ko'zlarida olovga ega bo'lgan bozordagi yetakchi ekspertlardir.

YUTUQLARIMIZ

2018

Fevral

Freedom Broker Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshladi. Kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan

Noyabr

Freedom Broker kompaniyasining Oʻzbekiston shaharlarida — Samarqand, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Qarshi, Navoiy va Nukusda filiallari ochildi

Dekabr

«KMZ» AJning SPO bitimi muvaffaqiyatli yakunlandi, obuna darajasi 101,17% ni tashkil etdi. Joylashtirish hajmi — 2,9 mlrd soʻm

2019

Dekabr

«Kvarts» AJning SPO bitimi muvaffaqiyatli yakunlandi, obuna darajasi 101,4% ni tashkil etdi. Joylashtirish hajmi — 16,03 mlrd soʻm

2020

Sentabr

Freedom Broker Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining bank boʻlmagan ilk aʼzosiga aylandi

2021

Yanvar

Bitim muvaffaqiyatli yakunlandi. Oʻzbekiston tarixida ilk bor xorijiy valyutaga indeksatsiya qilingan obligatsiyalar, shuningdek, soʻnggi 15 yil ichidagi ilk obligatsiyalar — «First Development Group» MChJ obligatsiyalari chiqarildi

Fevral

Birjaning bank boʻlmagan aʼzosi tomonidan Oʻzbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qogʻozlari ilk bor sotib olindi

2022

Dekabr

Bitim muvaffaqiyatli yakunlandi. «Oʻzmetkombinat» AJning korporativ obligatsiyalari joylashtirildi. Joylashtirish hajmi — 50 mlrd soʻm

Avgust

Bitim muvaffaqiyatli yakunlandi. «HUMANS» AJning imtiyozli aksiyalari joylashtirildi. Joylashtirish hajmi — 50 mlrd soʻm

2023

Fevral

«UzAuto Motors» AJning IPO bitimi muvaffaqiyatli yakunlandi. Joylashtirish hajmi — 57 mlrd soʻm

Iyul

Freedom Broker Academy ochildi. Unda 300 dan ortiq tinglovchi «Birja faoliyati asoslari» kursini tamomladi. Shuningdek, muntazam bepul vebinarlar yoʻlga qoʻyildi

Sentabr

Freedom Broker investitsiya va fond bozorlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun «Toshkent» Respublika fond birjasi va OʻzRTXBning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ConFeas 2024 xalqaro konferensiyasiga homiylik qildi

Oktabr

Hilton Tashkent City mehmonxonasida fond bozori istiqbollariga bagʻishlangan Tashkent Invest Day tadbiri oʻtkazildi

2024

Yanvar

Freedom Broker Uzbekistan investorlar uchun yangi TSMI (Tashkent Stock Market Index) indeksini taqdim etdi. U Oʻzbekiston fond bozori dinamikasini aniqroq baholash va aktivlar oʻzgaruvchanligini samarali kuzatish imkonini beradi

Iyun

Biznes vakillarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot assambleyasi bilan memorandum imzolandi

Avgust

Freedom Broker koʻmagida Biznes Finans mikromoliya tashkilotining 7,3 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarining ikkinchi chiqarilishi muvaffaqiyatli joylashtirildi

Noyabr

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining (UzKRI) 250 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarining 4-chi chiqarilishini joylashtirish bitimi yakunlandi. Freedom Broker investor hamda investitsiya vositachisi sifatida ishtirok etib, emissiyaning barcha bosqichlarini kuzatib bordi.

Noyabr

Freedom Broker OʻzRTXB aksiyalarining qoʻshimcha taklifida anderrayterlardan biri sifatida ishtirok etib, 3,9 mlrd soʻmlik joylashtirishni taʼminladi. Mijozlarimiz topshirgan arizalarning umumiy hajmi esa 5,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2025

Mart

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining (UzKRI) 200 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarining 5-chi chiqarilishini joylashtirish bitimi yakunlandi

Aprel

Agat Credit mikromoliya tashkilotining 40 mlrd hajmdagi ilk korporativ obligatsiyalar chiqarilishini joylashtirish boshlandi. Savdolarning dastlabki 2 haftasida jalb qilinadigan mablagʻlarning yarmidan koʻpi joylashtirildi

Iyun

Freedom Broker Uzbekistan XXI Yevroosiyo obligatsiyalar kongressi CBONDSda mukofotlandi. Kompaniya faol maʼrifiy ishlari va fond bozorini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun eʼtirof etildi

Avgust

Freedom Broker Uzbekistan va boshqa tashkilotlarning ishtiroki hamda qoʻllab-quvvatlashi tufayli Oʻzbekiston jamoasi 2025-yil 21–23-avgust kunlari Gretsiyaning Qadimgi Olimpiya shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida tarixda ilk bor oltin medal va yana uchta kumush medalni qoʻlga kiritdi

Sentabr

Freedom Broker 2025-yil 4-sentabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Cbondsning «Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozori» VII xalqaro konferensiyasining bosh homiysi boʻldi

Dekabr

Freedom Broker birja tarixidagi ilk obligatsiyalar dasturi doirasida «Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJning ikkita obligatsiyalar chiqarilishiga anderrayterlik qildi va ularning bozorda muvaffaqiyatli joylashtirilishini taʼminladi

2026

May

30-may kuni Freedom Broker Uzbekistan Milliy investitsiya institutlari assotsiatsiyasining yillik mukofoti (NAII Awards 2025) yakunlariga koʻra «Obligatsiyalar bozoridagi eng yaxshi anderrayter» mukofotiga sazovor boʻldi.

Iyun

Freedom Broker Uzbekistan Agat Credit mikromoliya tashkilotining yillik 25% kupon stavkali 100 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarining 5-chi chiqarilishiga anderrayterlik qildi. Chiqarilish yillik 23–25% daromadlilik bilan muvaffaqiyatli joylashtirildi.

Freedom Broker Uzbekistan mamlakat ichki bozorida xorijiy valyutada nominallangan obligatsiyalarni chiqarish va ularning muomalasini tashkil etish uchun kapital bozori sohasidagi «Tartibga solish qumdoni» ishtirokchisiga aylandi.

Ariza qoldiring

Saytda

Ilovada

Investitsiyalar choʻntagingizda

Freedom Broker Uzbekistan mobil ilovasi bepul va iOS hamda Android uchun mavjud.

Aloqa Raqamlari

info@ffin.uz 1135

TELEGRAMda qo'llab-quvvatlash

@konsultant_ff

Sayt https://freedombrokeruz.com da taqdim etilgan barcha materiallar faqat axborot maqsadida berilgan bo‘lib, hech qanday qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish taklifi emas, shuningdek, investitsiya bo‘yicha maslahat yoki xizmat ko‘rsatish niyatini ham anglatmaydi. Qimmatli qog‘ozlarga sarmoya kiritish katta xavf bilan bog‘liq, shu sababli investorlar emitentlarning ishonchliligini mustaqil ravishda o‘rganishlari tavsiya etiladi. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi daromadlilikni kafolatlamaydi. Freedom Broker hisobini to‘ldirish faqat rasmiy rekvizitlar bo‘yicha va tasdiqlangan tizimlar orqali amalga oshiriladi - jismoniy shaxslarning kartalariga pul o‘tkazmalari (P2P) va naqd pullar bundan mustasno. Kompaniya xodimlari hech qachon parol, SMS-kod yoki kirish ma’lumotlarini so‘ramaydi. Faqat rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlarga ishoning.

*Taklif etilayotgan obligatsiyalar o‘zbek so‘mida (UZS) chiqarilgan.

MANZIL

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi, 107-B uy

IP MCHj "Freedom Finance"